13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriybo‘lg‘anlar ham uning qiziq harakatlariga va tutal so‘zlariga qiziqar edi. Bu choyxonadagilarham shu keyingi sinfdan edilar.Birarta ixlosmand qo‘lidan boplab tomoq yegan bo‘lsa kerak, hozir o‘shaningchanqovini bosmoq fikrida edi.— Bachchang kim, bachchang? Onam meni bachchalik uchun tug‘mag‘an...Choyingdan ber, choyingdan!— Onangiz sizni nima uchun tuqqan?— Xonning qo‘yini boqish uchun, qovoqlarni belga taqish uchun; choyingdan berchi,xo‘vari!Devonaga bir piyola choyni ichishka ham tinchlik bermadilar. Ulardan bittasi ko‘znishamg‘alat qildida, belidagi qovoqdan bittasini yulib ham qochdi. Ish yomonga aylandi.Quvlab tutolmadi. So‘ngra kelib yana bir kosa choyni ichdi va unga-bunga qovog‘ito‘g‘risida iltimos qilib qaradi. Bo‘lmag‘ach, qovog‘ini qo‘msab ho‘ngir-ho‘ngir yig‘lamoqqaoldi. Ermakchilarning kutkani ham faqat uning yoshi mishig‘ig‘a, mishig‘i tupugiga qo‘shilibyig‘lashi edi.Qovoqni yulib qochqan tomdan kelib sufaning ustidagi so‘riga qovoqni osdi va o‘zitushib devonaning yonig‘a keldi:— Qovoq o‘g‘risini ushladingizmi, devona?— Yo‘q, uka! Qovog‘imdek shishib o‘lsin, qochqancha ketdi!Birav Eski Jo‘vada ko‘rganligini va qovoqqa minib ketayotqanini so‘zladi. Ikkinchisi«zap qovoq edi-da» degan edi, uchinchisi «attanga» deb qo‘ydi. Devonaning o‘pkasishishib ketdi. Ermakchilar uning yuragiga galma-gal o‘t yoqar edilar.— Qovog‘ingizning o‘zi bu iqlimda yo‘q narsa edida,— dedi birav. Devona qovog‘iningtarjumai holini so‘zlab berdi:— Dadam musallas qovoq, oyim mosh qovoq, men bel qovoq... — dedi. Kulishdilar.Ermakchilardan bittasi yuqorida osilg‘an qovoqni ko‘rsatib ajablandi:— Iyi-iyi, anuv kimning qovog‘i-ya?Devona suyukli qovog‘ini so‘rida ko‘rib quvona ketdi:— Voy xo‘varingni... jinnilar, voy esi yo‘q xo‘varilar! Qovog‘imni ber jinnilar!— Tuzik-tuzik, avliya. Qovog‘ingizni tushirib bersam nima berasiz?— So‘rag‘aningni ol, jinni... Oyim qishlog‘ig‘a bek bo‘l, tentak: tilla jabduqliq ot min,jinni...— Men Oyim qishlog‘ining bekligi uhdasidan chiqolmayman. Qovoqlaringizning kasbiniaytib bersangiz bo‘ladi manga. Devona bu shartka ko‘ndi, qovoq tushirilib, devonaningqo‘lig‘a eson-omon tegdi. Mahbuba ortiqcha bir ehtiyot va e’tibor bilan belga — boshqayo‘ldoshlari yonig‘a tugildi.— Qani, endi bo‘lsin, devona!Qovoq devona belidagi qovoqlardan bitta egri maymog‘ini ko‘rsatib: — ManovMusulmon cho‘loq, — dedi, uning yonidag‘i kichkina tomosha qovoqni turtib: bunov,Xudoybachcha (Xudoyorbachcha), — dedi, suv qovog‘ini erkalab «Nor kalla»(Normuhammad qushbegi), — dedi. Qolg‘an ikkita silliq qovoqchalarni «nosqovoq, yupqatomoq», deb qo‘ydi. Ermakchilar kulishdilar. Bu qovoq o‘g‘rilari ichidan tezroq qochibqutilish uchun ketishka intilgan edi, biravi ushlab qoldi.— To‘xtang hali, gap bor! — devona so‘kinib to‘xta-di.— Manavi belingizdagi belboqniqayerdan o‘g‘irlab oldingiz?— Qo‘y, juvonmarg bo‘g‘ur!— O‘tkan kuni o‘g‘irlatqan belbog‘ing shu emasmi, Karimqul? — deb yonidag‘ig‘aqaradi ermakchi.— Ha, ha, xudda o‘g‘irlatqan belbog‘im, tutdik o‘g‘-rini!Qovoq devona xudda belbog‘idan ajrayturg‘andek ikki qo‘li bilan beliga yopishdi.83

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!