13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriy— Bu sirringizni mendan yashirmoqchi bo‘lasiz, — dedi tamom qanoat bilan Hasanali,chunki, endi o‘z kashfiga juda ishong‘an edi. — Xayr, yashirmoqqa ham balki haqqingizbordir... ammo shu ko‘yi sir saqlash bilan birar natijaga yetish mumkinmi?— ...Otabek qip-qizil qizarib gunohkorlardek yerga qara-g‘an edi. Hasanalining yuzigapadorona tarahhum1 tusi kirib, keksalarga maxsus ohangdor bir tovush bilan bekningustidagi og‘ir yukni ola boshladi:— Aybi yo‘q, o‘g‘lim, — dedi, — muhabbat juda oz yigitlarga muyassar bo‘ladig‘anyurak javharidir. Shuning bilan birga ko‘b vaqtlar kishiga zararlik ham bo‘lib chiqadir.Shuning uchun kuch sarf qilib bo‘lsa ham unitish, ko‘b o‘ylamaslik kerakdir.Bu keyingi gap bilan Otabek ko‘tarilib Hasanaliga qaradi va uzoq tin olib yana yergaboqdi. Go‘yo buning ila «unitish mumkin emas» degan qat’iy so‘zni aytkan edi. Orag‘aso‘zsizlik kirdi. Ikkisi ham fikrga tolg‘an edi. Hasanalining ortiqcha berilib o‘ylag‘an kezdasoqolini qayirib tishlaydigan bir odati bo‘lib, hozir ham soqolini yamlash bilan mashg‘ul edi.Uzoq o‘ylag‘andan so‘ng ishning ochilmay qolg‘an qismini yeshishni boshqa vaqtg‘aqoldirmoqchi bo‘ldi. Chunki Otabek shuning o‘ziga ham yaxshigina qizarinib, bo‘rtingan edi.5. KIROYI KUYAVING SHUNDOG‘ BO‘LSA!Poyafzal bozori va uning burchagidagi havli... O‘qug‘uvchi albatta bu havlining egasibilan tanish chiqar. Ko‘rimsiz, chirk bosib qorayg‘an, juda ko‘b xizmat qilib keksaygan,ochib-yopqanda anvo’i — turlik dodi-faryod qiladirg‘an, bunda sanalg‘an sifatlarini bir yergajamlab natija chiqarg‘anda «sharti ketib, parti qolg‘an» bir darbozaning ostonasidan uchto‘rtqadam ichkariga kirilsa Buxoro zindonlaridan birini his etilur va qorong‘u yo‘lakningnihoyatidagi yorug‘liqqa tomon oshiqilur. Qoqilib-suqilib yo‘lak zindonidan qutiling‘ach birulug‘ ariq yoqasig‘a, o‘rdadek havliga chiqilur va rohat tin olinur. Havlining kun chiqaridakun botishig‘a qaratib soling‘an, uncha maxtarliq bo‘lmasa ham ammo zamonasiningolding‘i binolaridan hisoblang‘an bir ayvon bilan bir uyga ko‘z tushadir. Sahn va binolarkishi zotidan bo‘sh, shuning uchun bu havli oilaning tashqarig‘i qismi — mehmonxonaekanligi onglashilur. Sahnning tun va kun botar jihatlari kichkina hujralar bilan o‘ralg‘an vabu hujralarning barcha eshiklari yopiq va qulflang‘an holda bo‘lib mollar bilan bandligi vauy egasining davlatlik kishi bo‘lg‘anlig‘i bilinur. Havlining janub tarafi do‘konlar orqasi,ammo katta tup gilos yog‘ochlari qoplab yotadirlar.Endi biz tashqari havlini qo‘yib mehmonxonaning yonidan ichkariga kiramiz. Ichkarihavlining yo‘lagi ham nargisidek usti va bag‘ri yopiq — qorong‘u, yo‘lakning nihoyatigaborib o‘ngga yurilsa axtaxonaga, chapka yurilsa birinchi martaba kirganimizdek ulug‘ birhavliga chiqarmiz. Havlining to‘rt tarafi turlik ehtiyoj binolari bilan va to‘rdagi binoning ikkibiqini katta uylar bilan o‘ralg‘an bo‘lib, shu ikki uyning orasig‘a o‘lturgan koshinkor vanaqshin chorxari ayvon bu havlining birinchi martaba ko‘zga chalinadirg‘anortiqliqlaridandir. Shu chorxari ayvonning o‘rta bir yerida, ustiga atlas ko‘rpalar yopilg‘antanchaning to‘rida devorga suyanib, avrasiga qora movut sirilgan sovsar po‘stin kiyib birkishi o‘lturadir. Bu kishi bilan ikkinchi martaba tanishib o‘lturmaymiz, chunki, bu odamo‘qug‘uchi bilan tanishqan — Mirzakarim qutidor. Tanchaning ikki biqinida ikki xotin:bulardan bittasi ichidan atlas ko‘ynak, ustidan odmi xon atlas guppi kiygan, boshig‘a oqdakanani xom tashlag‘an, o‘ttuz besh yoshlar chamaliq go‘zal, xush bichim bir xotin.Yuzidan muloyimlik, eriga itoat, to‘g‘riliq ma’nolari tomib turg‘an bu xotin qutidorningrafiqasi — Oftob oyim, ikkinchisi yetmishlardan o‘tkan bir kampir. Oftob oyimning onasi —Oysha bibi. O‘choq boshida qo‘polg‘ina, qirq besh yoshlar chamaliq yana bir xotin choyqaynatib yuradir. Bu xotin ersa oilaning cho‘risi — To‘ybeka. Biz bular bilan tanishishni shu13

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!