13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriy18. JAR... Bu kun soat o‘n ikkida Otabek ila qutidorning isyonchiliq gunohi bilan dorg‘aosilishlarini jarchi shaharga xabarlab yurar va xalq og‘zida Otabeklarning emish-memishhikoyalari edi.Homid ila birgalashib kirgan mirshabni qo‘rboshi tashqarig‘a chiqmoqg‘a buyurdi-da,Homidni o‘lturishka imladi.Qo‘rboshi nimanidir so‘zlamoqchi bo‘lsa ham, negadir uning tili osonlik bilan harakatkakelmas va o‘zi ham bir turlik o‘ngg‘aysizliqda edi. Nihoyat qo‘rboshi o‘ziga bir turlik jasoratberdi:— Bobolar: «Dunyoniki miri kam ikki» deganlar, — dedi, — to‘g‘risi ham shundog‘:o‘zingni yuz yoqg‘a ursang ham tiriklikning yana bir boshqa yamog‘i chiqib turadir...Tuyg‘un1 Homid qo‘rboshining nima maqsadi borlig‘ini payqadi:— To‘g‘ri so‘zlaysiz, taqsir, — dedi, — dunyoniki hamisha mirikam ikki, shuyetishmaslik balosidan to‘yib, ba’zi vaqtlarda kishining dunyodan chiqib ketkusi kelibqoladir. Yaxshikim, dunyoda oshna, og‘ayni degan kimsalar bor... Agar shular bo‘lmasachi,kishi allaqachon dunyodan chiqib ketadir. Shuning uchun men og‘aynilarni ko‘zlarimustida tutaman, ularni muhtojliq chog‘larida ko‘rsam, o‘zimni garav qo‘yib bo‘lsa hamehtiyojdan chiqarishg‘a tirishaman.Qo‘rboshi tizasi ustiga ko‘ndalang qo‘yg‘an qilichi-ning ikki tarafidan bosib, birqo‘zg‘alib qo‘ydi:— Bali, bali, mulla Homid, munday og‘aynilarning sadaqasi ketsang ham arzir, — deditomoqlarini qirib qo‘ydi. — Shu <strong>kunlar</strong>da o‘g‘ilchalarning yoshi yetib, sunnati nabiyunani1bajo keltirish taqozo etadir... To‘y keraklaridan ko‘pini tadorik qilg‘an bo‘lsam ham,yetishmagan yerlari ham ko‘b. Shuni sizning kelishingiz oldida o‘ylab o‘ltirar edim...— Bek aka, — dedi Homid va tusiga yasama kulish chiqardi, — siz achchig‘lansangizham aytay: beklar zoti kishiga sira ham oshna bo‘lmas ekanlar. Ayniqsa siz hamono‘zingizning beklig‘ingizga borib, istig‘nongizni2 eskicha olib borasiz... Boshingizdashunchalik qayg‘ingiz bo‘lur emish-da, bir og‘iz menga aytmas emishsiz?Qo‘rboshi Homidning zakovatiga qoyil bo‘lib iljaydi:— Yo‘q, yo‘q, mulla Homid, — dedi, — bu yoqda gap bor: hukumat xizmatidaturg‘aningdan keyin yuz yoqning mulohazasini qilar ekansan...— Tuzik, bek aka, ammo manim oshnachilig‘im tamom boshqachadir, — dedi Homidva yonchig‘ini chiqarib bir qo‘lidan ikkinchi qo‘lig‘a oltinlarni sanab tushira berdi.Qo‘rboshining ko‘zi oltinlar ustida o‘ynab bular barakasida qiladirg‘an sunnat to‘yisini,Marg‘ilon beklari oldida ortdiradirg‘an obro‘sini o‘ylamoqda edi. Oltinlardan yigirmatasiajratilgach, sanoqqa ishonmay ko‘rib turg‘anim tushmi, deb uyqusiradi. Homid oltinlarniuzatdi, — mana, bek aka, bu arzimagan oltin xolis oshnalig‘imizning bog‘lanishidir, yanayetmagani bo‘lsa qarab turmasmiz.Qo‘rboshi titrab, qaxshab oltinlarni joyladi. Homiddan nihoyatda xursand edi:— Xo‘sh, mulla Homid, endi bu kungi hangamalardan so‘zlashayliq, — dedi bek. —Pochchangiz ila jiyaningizning bu ishka oralashib qolg‘anlari yomon bo‘ldi-da.Bu so‘zdan Homidning yuziga qayg‘irish alomati chiqdi va e’tibor bilan qo‘rboshiningog‘zig‘a qaradi.Qo‘rboshi davom etdi:— Bu ikki begunohning qamalishlarig‘a ham o‘sha yaramas sabab bo‘ldi. Yo‘qsa ularniqamoqqa olishg‘a qushbegi buyurmas edi. Ammo kechagi qushbegiga so‘zlag‘an so‘zingizOtabek ila qayin otasini o‘limga mahkum qilganidek, pochchangiz ila jiyaningizni bir qadaroqlaydilar. Shuning uchun men borg‘an so‘ng bo‘ladirg‘an hukm majlisida ehtimolqarindoshlaringizni qutqazishg‘a muvaffaq bo‘lurman. Har holda qarindoshlaringizning49

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!