13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriy— Bosh ustiga.Shundan so‘ng ikkisi quchoqlashib ko‘rishkach, vidolashdilar.Otabek eshikdan chiqg‘anda Sodiqni ko‘mib kelgan kishilar qur’on o‘qub tarqalmoqdaedilar.17. XAYRIXOH QOTILMirshablar tomonidan qo‘rboshi mahkamasiga so‘-roqqa olib ketilgan qutidor qaytibyo‘lakdan kirishi bilan ming xil tashvishda o‘lturg‘uchi Oftob oyim bilan Kumushka qaytibjon kirgan kabi bo‘ldi. Kumush otasining oldig‘a qanot yozg‘an kabi yugirib, uning soqolinisilar ekan, so‘radi:— Sizga zarar bermadilarmi, otajon?— Yo‘q, qizim.Oftob oyim erining bu so‘zini eshitishi bilan Xo‘ja Bahovaddin yo‘lig‘a o‘gurib qo‘yg‘anyetti tanga pulini To‘ybekaga berib, darrov eshonnikiga jo‘natdi va shundan so‘ng eridanso‘radi:— Sizga ayb qo‘ya olmadilarmi?— Xudoyg‘a shukur, oqlandim, — dedi qutidor. — Chindan ham menda qanday aybbo‘lsunki, o‘zimiz ham bu hangamani uyqudan turib payqag‘an bo‘lsaq. Uyimiz ostiniyomonlar teshkan bo‘lsalar ham ammo kishi sig‘masliq bo‘lg‘anlig‘i meni oqliqqa chiqardi.Lekin kishi sig‘aturg‘an bo‘lib teshilganda ham meni ayblay olmas edilar, zeroki, uyimizostini teshkan muttahamlar albatta yaxshi niyat bilan teshmagan bo‘lib, molimiz va jonimizqasdida ekanliklari ma’lum edi. Basharti qotil men bo‘lib ko‘ringanimda ham molim vajonim qurug‘ida o‘g‘rilarni o‘ldirganligim uchun yana gunohkor bo‘lmas edim. Har holda bufoji’a bizga zararsiz bo‘lib o‘tdikim, buning uchun haq taologa qancha shukur qilsak hamozdir, — dedi va ayvong‘a chiqib tanchaga o‘lturg‘ach, Kumushdan so‘radi: — achangkelmadimi?Oftob oyim javob berdi:— Qattig‘ og‘rib qolibdir, — va so‘radi: — kimlar o‘ldirib ketkanini bila olmadingizmi?Qutidor ajabsinib xotinig‘a qaradi:— Qiziq so‘z aytasan-a! — dedi. — Bu ishka butun shahar hayron. Qilni qirqqayoradirg‘an donolar ham bir narsa to‘quy olmaydirlar... Ammo manim ko‘nglimgakeladirgani shulki, bizning molimizg‘a ko‘z olayturg‘an o‘g‘rilar besh-olti kishi bo‘lib, uyniteshayozg‘an vaqtlarida oralarig‘a nizo tushib, bir-birlari bilan pichoqlashqan bo‘lsalarkerak.Kumush otasining bu kashfiga qarshi tushdi.— Bu gapingiz to‘g‘ri emas, ota, — dedi.— Nega to‘g‘ri emas?— Negaki, bir-biravlarini o‘ldirishib, bizga zarar bermasdan quruqqina ketmas edilar.— Tong otib qolg‘andir yoki ular ham holdan toyg‘andirlar, — deb javob berdi qutidor.— Bu orada Homid nima qilib yuribdir, o‘ziga tuzikkina boy kishi emasmi edi? — dediOftob oyim, bu vaqt Kumush sekingina onasig‘a qarab olg‘an edi.— Homid tiynati1 buzuq bir yigit edi, — deb javob berdi qutidor. —Ehtimolki, uningtopqan davlati o‘g‘riliq orqasidadir, kishining davlatiga qarab hukm yurutish qiyin.— Xudoyimdan o‘rgulayki, — dedi Kumush entikib va dahshatlanib, — yomonlarningjazasini o‘zi bergan. O‘g‘rilar teshib oldimg‘a chiqg‘anlarida men nima qilar edim? Oh,otajon! Men ajalimdan besh kun burun o‘lar edim. Qizingizdan ajralur edingiz!.. Menig‘aflat uyqusi bosmag‘an bo‘lsa, nega bir gazlik paxsani kesar emishlar va boshimdantuynuk ochar emishlar-da, men hech narsa sezmas emishman.Oftob oyim boshini chayqab:142

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!