13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla QodiriyBu so‘z menga hamma shaytanatni ochib berdi va o‘zimning iblislar tomonidanaldang‘animni bildim:«— Ertadan boshlab hukmni ijro qilsaq qalay bo‘larkan?» — deb qushbegiga qaradim.«— Men ham shuni o‘ylab turib edim...» — dedi qushbegi va Qayumga qaradi.Qayumning ustodlari ishni keyinga siltashimizni ilgaridan ko‘rib qo‘yg‘an ekanlar:«— Ertaga qo‘yib bo‘lmas!» — dedi Qayum.«— Nega?», — dedim.«— Negaki ertagacha qipchoqlar qochib bitadirlar».Men Qayumning so‘ziga quloq solmadim-da, qushbegidan ertaning kengashiniso‘rag‘an bo‘ldim. Bu holdan achchig‘lang‘an Qayum yonimg‘a kelib o‘lturdi.«— Ovora bo‘lmangiz, hoji aka», — dedi.Uning bu harakatidan achchig‘im qistadi:«— Sizning bilan manim bu ishka aralashmoqqa haqqimiz yo‘q!» — dedim.«— Sizniki bo‘lmasa to‘g‘ri, ammo meniki bor!» — dedi Qayum.«— Buyruq kimning otig‘a?» — dedim.«— Qushbegining!»«— Bas, siz bilan men faqat u yordam so‘rag‘andag‘ina ketman ko‘taramiz, boshqadaxlimiz yo‘q!» — dedim.Qayum zaharxanda bilan yonini kavlab ikkinchi bir buyruq chiqardi va menga berib:«O‘qungiz!” — dedi. O‘qudim.«— Bas, birinchi buyruqni siz olg‘an ekansiz, nega yana qushbegidan fotiha kutibo‘lturibsiz?!» — dedim o‘t ichida.«—Har narsa bo‘lg‘anda ham ulug‘imiz, deb siylab turg‘an edim...» — dedi Qayum.«— Egasini siylagan itiga suyak tashlar, qilmoqchi-siz-da, barakalla!» — dedim. «—Boringiz, ustodlaringizning vasiyatini bajaringiz!»«— Xafa bo‘lmangiz, hoji aka!» — dedi Qayum va qo‘limdan qog‘ozni olib qushbegidanso‘radi: «— Nima deysiz endi, bek?»«— Manim kengashimga kirsangiz, ertadan boshlayliq!» — dedi qushbegi,«— Sira iloj yo‘q, qushbegi! Chunki barcha shahar va kuylarga ham faqat shu — bukunga, deb buyurg‘an ekan!»— dedi Qayum.Qushbegi bilan men go‘yo tog‘ ostida bosiriq bo‘lg‘an edik. Boshimizg‘a hech bir gapkelmas edi. Qayum o‘rnidan turg‘an holda qushbegidan javob kutar edi. Qushbegi ko‘bfursat qotib o‘lturg‘andan keyin, Qayumga qo‘li bilan chiqishg‘a ishorat qilib: «—Bilganingizni qilaberingiz», — dedi. Qayum yonidag‘i yigitlari bilan mahkamadan chiqdi.Uning chiqishi bilan qushbegiga dedim:«— Endi nima qilamiz?»«— Nima qilar edik?»«— Axir qarab qolaberamizmi, vaqt tang! Qarshig‘a biz ham yigit chiqarayliq!»«— Qo‘yaberingiz, hoji!»«— Bechora gunohsizlar kesilabersinlarmi?!»«— Kesilabersinlar!» — dedi qushbegi. Men iztirob ichida unga tushunolmay qolg‘anedim. Ul yig‘i ichida tilga keldi:«— Mamlakatning tinchlig‘i qipchoqlarni kesish bilan hosil bo‘lsa, mayli, kessinlar!Yurtning obodlig‘i gunohsiz qipchoqning qizil qonig‘a qolg‘an bo‘lsa mayli, o‘ldirsinlar!Agarda najotimiz qipchoq tuxumini quritishda bo‘lsa— meni ham ossinlar!Bu palidlarning marhamatiga men ham muhtoj emasman!»Hozir inodning1 o‘rni emasligini harchand uqdir-moqchi bo‘ldim, ko‘nmadi. Noiloj,yolg‘iz o‘zim chiqib qo‘limdan kelgancha qipchoqlarni qochirishga harakat qildim, tevarakkakishilar yo‘lladim. Ammo to‘rt yuz jallodning qarshisig‘a chiqg‘an bir kishining uhdasialbatta bir kishicha edi. Muttahamlar ko‘b bechoraning yostig‘ini quritishg‘a muvaffaq162

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!