13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla QodiriyPirmat qulliq qilib dahliz tomong‘a qaradi:— Qo‘rboshi ham shu yerdalar, — dedi.— Chaqir!Dahlizdan qo‘rboshi kirib qulliq qildi.— Xizmat, taqsir.— Yaxshi, siz ketmagan ekansiz, — dedi qushbegi, — Pirmat bilan borib, darholboyag‘i gunohkorlarni qaytarib kelingiz.Shubhasini bekorga bo‘lmag‘anini sezgan qo‘rboshi yonida tik turg‘uchi xoting‘a qaraboldi:— Sabab, taqsir?— Sababini surishtiradigan vaqt emas, chop dedim, chop!Qo‘rboshi qulliq qilib Pirmat bilan chiqdi. Uning keyinidan qushbegi «padar la’nat» debso‘kinib a’yonlarga qaradi. Endi xotinning hayajoni bir oz bosila tushkan edi. Qushbegiqo‘lidag‘i xatni yana o‘qushg‘a tutindi. A’yoni shahar bunchalik ishka yaragan qushbeginingqo‘lidagi maktubga va uni keltirguchi xotinga qarashmoqda edilar. Qushbegi maktubniikkinchi martaba o‘qub chiqib xotinga qaradi:— O‘lturingiz, singlim, — dedi.Xotin o‘ltirmakchi bo‘lg‘an edi paranji ichidan uning atlas ko‘ylaklari va nafis oq qo‘llariko‘rinib ketdi. Qushbegi yer ostidan xotinni kuzatdida, qo‘lidag‘i maktubning orqa, o‘nginitekshirib qaradi. Maktub anchagina uring‘an, qog‘ozi shaloqlang‘an edi. So‘ngra xotindanso‘radi:— Qutidor bilan Otabekning kimi bo‘lasiz, singlim?— Qutidorning qizi, Otabekning xotini.Bu so‘zni eshitkuchi a’yon bir-birlariga qarashib qo‘ydilar.— Buni nega ilgariroq olib kelmadingiz?Qushbegining bu savolidan Kumushbibi qo‘rqunch bir ma’noni ongladi. Go‘yo «isho‘tkan so‘ng kelibsan» degandek tushungan edi. Shuning uchun ul titroq bir ovoz bilanso‘radi:— Endi yaramaydimi?— Yo‘q, yo‘q, qizim, — dedi qushbegi, — men nega kecha va o‘tkan <strong>kunlar</strong>da olibkelmadingiz demakchiman.Kumushbibi bir entikib qo‘ydi va o‘zini to‘xtatib:— O‘zim ham bu maktubni shu bukun ko‘rdim, — dedi.— Maktubni ilgari ko‘rmagan edingizmi?— Ko‘rmagan edim.— Maktub qaerda ekan?— Uning eski kamzulining cho‘ntagida ekan1.Shu gapdan keyin qushbegi maktubni o‘ziga yaqin o‘lturg‘an Azim ponsad boshig‘auzatdi:— Siz ham o‘qub ko‘ring-chi, ponsad, — dedi va Kumushdan so‘radi, — o‘qug‘anmisiz?— O‘qug‘anman.— Eringizning hukumatka qarshi harakatini ilgari ham bilar edingizmi?— Qanaqa harakatini?— Masalan, biz otangiz bilan eringizni nima uchun osmoqchi bo‘ldiq?— Haqsiz, gunohsiz!— Bu maktub bilan eringizni o‘limdan qutila olishini sizga kim aytdi?— O‘zim bildim.— Bo‘lmasa ilgaridan eringizning o‘sha harakatini ham bilar ekansiz-da?— Yo‘q, taqsir, — dedi Kumush. Qushbegining maqsadig‘a endi tushunib olgan edi, —men onam bilan to shu kungacha ularning nima gunoh bilan qamalg‘an-larini bilalmay53

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!