13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriy— Bekor gap, — dedi O‘zbek oyim, — hali qudalarimizni muddaodagidek siylayolg‘animiz yo‘q, shu holda jo‘natsaq bizning sha’nimizga yaxshi emas... Men qudamningoldig‘a chiqaman, bizga nomus keltirmakchi bo‘lsa ertaga jo‘naybersin.Oftob oyim takror uzr aytdi:— Bizni uyaltirmoqchi bo‘lsangiz mayli, chiqing, agar xursandligimizga qarasangiz,qo‘ying. Kumushingiz ham; shuncha turg‘animiz bas, endi Zaynabni olib oyimning o‘zlaribiznikiga borsinlar, deydi...Ketish orasig‘a Kumush ham kelturilib siqilg‘ach O‘zbek oyimning haligiodamgarchiliklari keyingi navbatka qoldi.— Hali Kumush ham ketmakchimi?Kumush kulimsirab onasig‘a qaradi. Oftob oyim uzr aytdi:— Shukur, sizning oldingizda Zaynabnisa bor. Manim bo‘lsa qanot-quyrug‘im shuKumush. Ayniqsa, Kumushingizga javob bermasangiz bo‘lmas, oyi.O‘zbek oyim Kumushka xo‘mrayib oldi:— Yo‘q-yo‘q Oftobbonu, — dedi, — sizlarga javob bersam-da, Kumushka yo‘q.— Shu galcha javob berasiz, men sizdan so‘rayman.— So‘zingiz yerda qoladir, buv Oftob, bir oz andisha ham lozim, — dedi va Kumushkayuzini o‘girdi, — uyat emasmi, kelin? Kecha kelding surilib, bu kun ketkin burilib.— Menda ixtiyor yo‘q, oyijon, — dedi Kumush, — sizlar nimani ma’qul ko‘rsalaringizmenga baribir.O‘zbek oyim boshi bilan keliniga rizoliq bildirib «barakalla» deb qo‘ydi. Oftob oyimqizig‘a o‘qrayinqirab yer tegidan qaradi:— Albatta Kumush nima ham desin? — dedi, Kumushning ham haligidek qololmaslig‘afaqat meni ko‘zi qiymag‘ani uchun... bo‘lmasa albatta ketmas edi.O‘zbek oyim bir gapdan toymay: «Ketish uyat, Otabek, uch yil qatnag‘anda qizingiz biryilgina Toshkandda tursa nima qipti...» kabi so‘zlarni o‘zgarishsiz bir maqomda aytilibturg‘andan keyin Oftob oyim boshqa yo‘l tutmoqchi bo‘lib, Kumushni uydan chiqib turishkabuyurdi. Kumush chiqg‘andan so‘ng:— Qizini menga qoldirishg‘a ayadi demang, oyi, — deb qo‘ydi, — munda boshqamulohazalar ham yo‘q emas...— Ayting.— Aytsam shuki, — dedi bechora ona, — Kumushingizning fe’li xo‘yi o‘zimga ma’lum:erka o‘skan, lavzi tez, kundashlikka chidaydirgan siyoqi yo‘q, har kun Zaynabingiz bilang‘idi-bidi qilaberib sizni qiynab qo‘yarmikin deyman... Bir kuni kelganda onasi qurg‘ur birog‘iz aytmagan edi, deb mendan ranjirmikinsiz deyman... Tana buzoqning turqi tuqg‘anig‘atamg‘a deganlaridek, albatta menga ravshan... arazchi desangiz ham shu, ichi qoraliqdesangiz ham shunda...Shuncha to‘qumadan O‘zbek oyimning yuzida hech bir o‘zgarish sezilmadi:— Albatta unaqa gap har kimda ham bo‘ladi, — dedi,— shukur, men bilan hoji otangiztirik bo‘lsaq, undog‘ gaplarga yo‘l qo‘ymaymiz. Zaynab bo‘lsa xudoning yaratkan maxluqi;urish va araz degan gapni bilmaydir.— Zaynabingizning fe’li albatta sizga ma’lum ekan, ammo men Kumushni sizga yaxshi,deb aytalmayman.— O‘z bolasini yomonlag‘uchini, — dedi kulib O‘zbek oyim, — men o‘z umrimdabirinchi martaba ko‘rdim... Undan ko‘ra bolamni senga ishonmayman, deb ayting.— Nega ishonmayin, faqat qozonimdag‘ini sizg‘a suzib qo‘ydim...— Nima bo‘lg‘anda ham Kumushka javob yo‘q.— Xo‘b qolsin, — dedi Oftob oyim, joni kuyib asabiylashkan edi, — Kumushdan har nayomonliq ko‘rsangiz mendan o‘pka qilmang.— Qizingizg‘a yomonliqni o‘zingiz o‘rgatib ketmasangiz sizdan o‘pkam yo‘q.195

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!