13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriy— Eshakka minibmi, yayov?— Eshakka minib.— Nashang bormi?— Bor.— Qitta ber-chi.— Beraman, oldin ayt; qachon uylantirdi?— To‘y o‘tkanda kelibsan, tentak... Manga-chi, bir tog‘ora osh tegdi.— Bozordan osh olib bersam yeysanmi?— Yuzingga qachon chechak chiqdi?Ko‘z og‘rig‘i bu tutal so‘zlardan asabiylashib ketdi:— Qachon uylantirdi deyman?— To‘y o‘tkanda kelibsan dedim-ku... Bir hafta bo‘ldi, o‘n kun bo‘ldi, bir oy bo‘ldi. Ha,ha, charlari endi bo‘lar emish... charlarga bor. Qorategin.— Toshkanddan uylantirdimi?— Xi, xi, xi, ahmoq. Toshkanddan bo‘lmay, Qorategindan uylantirsinmi?Shundan keyin ko‘z og‘rig‘i choyxonaga qaytdi...4. JODUGAR HINDIQayin otasining og‘rig‘an kasalidan tuzala olmay va yo tezroq o‘lib tiriklarni qutultirmay«charlar» balosi bilan o‘zini ipsiz bog‘lang‘ani uchun so‘ng chekda si-qilg‘an, shunga ko‘raonasig‘a achitib so‘zlamakda edi:— O‘ylab-boqing onajon! Bir bechora sizning orzuingizni deb, qizi ustiga kundashyukladi va birgalashib to‘yingizni o‘tquzishdi. Ish kuchidan qolib, o‘n kunlab Toshkanddayurdi. Nima bo‘lg‘anda ham biravning yaxshilig‘ini bilish kerak edi.O‘zbek oyim o‘zining bir haftalik so‘zini takrorlar edi:— Endi nima qil deysan bolam, o‘tquzmay ketishing uyat.— Uyat deysiz-da, uyatka o‘zingiz tushunmaysiz.O‘zbek oyim o‘g‘lining ters so‘zidan qizishdi.— Juda hovliqa berma, o‘g‘lim. Charlar ham o‘tar, andining yuzini ham ko‘rarsan!..— Onajon, — dedi Otabek, — sizning zaharlik so‘zlaringizga nima deyishka hamhayronman... Billoki, maning hovliqishim siz aytkancha bo‘lsa... xoti-nimnig‘ina emas,uning ota-onalarini andishasida shoshaman. Ularning ko‘ngillariga gap kelmasin deganmulohazada hovliqaman. Men sizning orzungizga butunlay qarshi tushib, Toshkandingiznitilga olmasliqqacha borg‘animda o‘sha bechoralar sizning rioyangiz bilan meni bu yergasudrag‘andek qilib olib keldilar... Uyatni bilsangiz, eng ozi shuning andishasi kerakemasmi?— Bo‘lmasa charlarni kutmagin-da, yugira qol, — dedi O‘zbek oyim, — marg‘ilonliqningo‘kchangdan1 urg‘anlig‘i aniq ekan.Otabek kamoli bo‘g‘ilg‘anidan sukut qilishg‘a majbur bo‘ldi, chunki bu orzu havas onasiyarani har zamon kattaroq ocha borishg‘a juda ham usta va bu ustaliq uning barchakutkanlarining kundan-kunga bo‘shka chiqa borg‘anlig‘idan edi. Ayniqsa unga hozir butunma’nosi bilan sir onglashilib, marg‘ilonliqning jodusini juda ham kuchlik ekaniga imonkeltirdi. O‘g‘lining orzu-havasini ko‘rdi — ko‘rish bo‘lsa — orzulag‘andan ortiq. Biroq buorzu-havas orqasidan kutilgan marg‘ilonliq balosidan o‘g‘lini qutqarish masalasi uningtilagicha bo‘lib chiqmadi-da, yana marg‘ilonliqning sihri o‘tkirlik qildi... Nikoh kuniOtabekning kiyimlarini juhud domladan o‘qutishlar, marg‘ilonliqdan sovitib toshkandlikkaisitishlar — barchasi ham hozir o‘z ajzlarini2 unga iqror qilar edilar. Keyingi «beshbosh»domlaning bergan tutatqi, ezib ichki, duo va tumorlari ham negadir ta’sir asarinisezdirmadilar...85

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!