13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriyhasratda edik. Faqat bu kun kishilarning og‘zidan eshitib bildikki, siz uni Toshkanddanisyon chiqarg‘ali kelguchi, deb gunohkor qilur ekansiz. Onam bilan manim baxtimgakutmagan joydan mo‘’jizadek bu maktub topildi-da, men xizmatingizga yugirdim... —Kumush so‘zini tugata olmadi, chopishidan halloslagan Pirmat dahlizdan ko‘rinib, bekkaqulluq qildi:— Dor yonidan qaytishdilar!Kumushbibi sachrab Pirmatning yuziga qaradi va uzoq tin olib qo‘ydi. Shu choqg‘achaxat o‘qub o‘lturgan ponsadboshi maktubdan yaxshi asarlangan edi. Maktubni yonidag‘ig‘aberar ekan, qushbegiga dedi:— Bu xat toshkandlik Yusufbek to‘g‘risidagi fikri-mizni tamom o‘zgartadir, taqsir! UningAzizbek tomonliq bir kishi ekanligi Farg‘onaning har bir xos1 va omi og‘zida naql qilinsaham ammo hech bir kimsa uning ichiga kirib chiqmagandir. Har kimning ko‘nglidaginiyolg‘iz bir xudodan boshqa kim bilsin!«Yov qochsa botir ko‘payar» qabilidan shu choqg‘acha lom demay o‘lturgan shahara’yonlari ham masalani onglab, so‘zga aralasha ketdilar:— Xudo haqni nohaq qilmadi, bechora yosh yigitning haqsizga qoni to‘kilmadi.— Qutidordek qo‘ymizoj bir odamning bunday zo‘r ishka oralashqanlig‘iga aql hambovar qilmas edi.Go‘yo bu so‘zlar Kumushbibining o‘chkan charog‘ini qaytadan yoqarlar, umidosmonining yo‘qolib, yashi-rinib ketkan yulduzlari yana qaytadan o‘z o‘rinlariga kelibqo‘ng‘andek bo‘lurlar, uning ko‘z o‘ngida joy olgan qoraliqlar shu yoqila boshlag‘an najotsham’lari partavi bilan o‘z-o‘zlaridan yo‘qolg‘andek ko‘rinarlar edi.Dahliz eshigi ostida bir durkum oyoq tovushlari eshitilib qo‘rboshi ko‘rindi.— Kelishdilar, taqsir, kirsinlarmi?Qushbegi javob berish o‘rniga maktubni olib ko‘rpacha ostig‘a yashirdi vaKumushbibini tanbihladi: «Majlisda manim ruxsatimdan boshqa so‘zlashingiz otangiz bilaneringizning o‘limlarini tilashingizdir, tushundingizmi?» Kumush qabul ifodasini bergandanso‘ng qushbegi dahlizda qarab turg‘an qo‘rboshig‘a «Kirsinlar» dedi.Kumushbibi ularni boya yo‘l ustida, yigitlar orasida ko‘rgan bo‘lsa ham biroq dahshatichida faqat o‘rdaga qarab yugira bergan edi. Endi «Kirsinlar» jumlasini eshitgach, yuragiortiqcha sho-pirinib ketdi, uning istiqbolig‘a turishni va bo‘ynig‘a osilib yig‘lashni tilasa-da,qarshisidagi «olabo‘jilar» bunga moni’ edilar. Shu vaqt yigitlar oldida, qo‘llarida kishanbo‘lg‘ani holda Otabek bilan qutidor kirdilar.— Yigitlar, siz chiqingiz! Qo‘rboshi, siz kishanlarni yeshingiz! — deb buyurdi qushbegi.O‘zining mundan keyingi ko‘rguliklarini foji’alar vodiysida ko‘rgan qo‘rboshi boshlabkishan kalidini qutidor qo‘lig‘a soldi. Kalidni burar ekan, uning qo‘li dirdir qaltiramoqda edi.Homidning noma’lum bir g‘arazi yo‘lida qurbon qilinayozg‘an va bu g‘arazda o‘zining hamishtirokining borlig‘ig‘a qoyil1 bo‘lg‘an qo‘rboshi ishni bu yanglig‘ akslanishidan sirningochilg‘anini muqarrar bilib, o‘zini shu soat jallod qo‘lig‘a topshirilishini aniq kutmakda edi.Ming balo bilan qutidor qo‘lini bo‘shatib, gal Otabekka yetdi. Otabek qo‘llarini bo‘shatg‘uchiqo‘rboshining bunchalik titrab, qaltirashidan o‘z raqiblaridan bittasi shu kishi bo‘lg‘aninio‘yladi. Garchi o‘zining najoti hali qorong‘u ersa-da, qo‘rboshini bir sinab ko‘rish uchunhamma kuchini ikki ko‘ziga yig‘dida, unga qaradi. Favqulodda dahshat kasb etkan uningko‘zlari qarshisida qo‘rboshining gunohkor ko‘zlari chiday olmadilar-da, yerga boqdilar,Otabekning bu sinashi o‘z fikrining to‘g‘ri bo‘lishi bilan natijalandi.Qushbegining buyrug‘i bilan ikki gunohkor tiz bukib o‘lturdilar. Qo‘rboshi hamto‘rbasini yo‘qotqan gadoydek qushbegining chap yonig‘a, Kumushbibining yuqorisig‘aborib o‘lturdi. Otabek va qutidorning ko‘zlari Kumushbibiga tushkan bo‘lsa ham o‘zqayg‘ulari bilan bo‘lib unga iltifot qilmag‘anlar, hokim mahkamasida paranjilik xotinningnima qilib yurganlig‘idagi favquloddalik ham eslariga kelmagan edi. Dor ostidan qaytish54

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!