13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriyham Kumushning husniga va muomalasiga ajablana boshlar, hojini ovlog‘roqda uchratibqolsa, «alhazar, o‘g‘lingizdan — uylangan xotinini qarang», deb qo‘yar, hoji bo‘lsa, «o‘zingbilgan sihrchi hindi sening ham boshingni aylantiribdir...» deb iljayganda, O‘zbek oyim«rost, bu kelinning husnidan ham boshqa yana tag‘in bir alohida xosiyati borg‘ao‘xshaydir!» deb kular edi. Kumush o‘zini ko‘rgan kelguchi xotinlardan ko‘proq olqish olsa(albatta oshkora emas), xotinlarning jo‘nashi bilanoq darrov O‘zbek oyim Oybodoqdanisiriq tutatdirib avval Kumushka, undan keyin ko‘ngli qolmasin, deb Zaynabka soldirar, agarOtabek ko‘rinib qolsa, uni ham quruq qoldirmas edi.Egasini siylag‘an itiga suyak tashlar, qabilidan qizlari tufayli qutidor va Oftob oyimlarham juda yaxshi izzat ko‘rar edilar. Qutidor kelganidan beri bir soat ham uyda bekorqolmay, har kun Yusufbek hojining muxlislaridan birining uyida mehmon va hojiningsuhbatidan mamnun edi. Oftob oyimni bo‘lsa O‘zbek oyim o‘tqizg‘ali joy topmas, quda so‘zio‘rniga — singlim deb xitob qilar, oshni ham uning ra’yini so‘ramasdan buyurmas edi.Kelganlarining o‘n beshinchi kunigacha shaharning kazo va kazo xotinlarini qabul qilibo‘tkardilar. Ya’ni Oftob oyim Toshkandning yuz boshi oyimidan tortib, ponsadboshi,qo‘rboshi to o‘rda oyimlarig‘acha tanishib oldi va ularning har birlaridan kutilmagandarajada izzat, hurmat ko‘rdi. Bu oyimlarning har birlaridan — «albatta biznikiga mehmonbo‘lmasdan ketmaysiz, egachi1 degan takliflar ham hisobsiz edi. O‘zbek oyimning lozimtopishicha, bu takliflardan faqat o‘n chog‘lug‘i ijobat etiladirgan bo‘lib va birinchi martabaNormuhammad qushbegining xotini Sorabek oyimnikiga, ya’ni o‘rdaga borilmoqchi edi.O‘n oltinchi kun mehmon oyog‘i tovsillanib, O‘zbek oyim Sorabek oyimga o‘zlariningborishlaridan xabar yubordi va Hasanaliga aravani qo‘shmoqqa buyurdi. O‘rda oyimlariningturmushlarini ko‘rmagani uchun Kumushning ham ular bilan birga borg‘usi keldi va ertalabchoy ustida Zaynab tilga kelturib, «Zaynabingiz ham boradimi» deb so‘rag‘anida, O‘zbekoyim: «Zaynab bir martaba borish bo‘lsa borg‘an», deb javob berdi.— Men-chi?— Sen ham bormaysan.Kumushning ma’yuslanib qilg‘an sukutidan keyin, O‘zbek oyim mundog‘ izoh beribchiqdi:— Sen Toshkanddagi Yusufbek hojining kelini bo‘lasan, bolam! Chorlamag‘an joygaborish uchun sening kafshing ko‘chada qolg‘an emas, — dedi.Otabek qayoqqadir ot minib ketgan edi. Yusufbek hoji bilan qutidor Solihbekoxundning Ko‘kaldosh hujrasiga mehmon bo‘lib ketganlar. Faqat bu kun uydaqoladirg‘anlar — Kumush, Zaynab va Oybodoq edilar.O‘zbek oyim yo‘lakkacha kuzatib chiqg‘an Kumush bilan Zaynabka qarab aravayonidan kuldi:— Ikki kundash uyni xoli topib tag‘in yulishmanglar! Oybodoq, sen kundashlardanxabarsiz qolma!Oftob oyim aravaga minar ekan:— Xudoy saqlasin, oyi! Shukur, ikkalasining ham aql-hushi boshida! — dedi.— Bular kundash emas — egachi-singil-ku! — dedi otning jilovidan ushlab Hasanali.— Meni tashlab ketkaningiz alamini Zaynabdan olmasam kimdan olay, — dedi kulibKumush va darbozaning halqasi bilan o‘ynar ekan: — a, yulishamizmi?— deb Zaynabdanso‘radi. Zaynab javob bermadi.O‘zbek oyim Oybodoqqa ba’zi ta’limotlarni bergandan keyin kelinlariga:— Tushda issig‘siz qolmanglar! — dedi. Arava qo‘zg‘aldi.Zaynab ilgariroq, Kumush keyinroq ichkariga qaytib kirdilar. Kundashining so‘zsiz,nesiz o‘z uyiga kirib ketkani uchun o‘ylanib, bir oz havli yuzida to‘xtadi, so‘ngra bu ham o‘zuyiga burildi.186

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!