13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriy— Mendan-a, xotiningizdan uyalasizmi?— Uyalmayinmi?— Uyalmang.— Uyalmasam... mizojim zaif...Zaynab ishonar-ishonmas unga qaradi.— To‘g‘ri so‘zlamadingiz...— Ishonmasangiz o‘zingiz biling, lekin haqiqat gap shu, sizdan uzoqda yurishimningsababi ham shunda.— Ishong‘animda ham bu hol tashqarida yotib yurishingiz uchun katta sabab bo‘laolmaydir. Chunki men faqat shuning uchun sizdan o‘pkalamayman, — dedi va ko‘zinito‘ldirib Otabekka qaradi. — Menga sizning mizojingiz kerak emas... O‘zingiz!.. — dedi vayig‘lab yolborg‘an holda Otabekning quchog‘ig‘a o‘zini tashladi. Otabek Zaynabning shuqadar yurak dardi borlig‘ini birinchi martaba bilar edi. Bechora Zaynab jonsiz haykalni o‘pibquchoqlar va yolborar edi.7. QUDALARNI KUTIB OLISHKechagi kirgan savdogarlardan qudalarning bu kun aniq kirish xabarlarini bilgan edilar.Nariroqdan kuzatib kirish uchun Hasanali yo‘l ustiga ketkan, Yusufbek hojining o‘zi ishboshida turib, Oybodoqqa tashqari havlini tozalatar edi. Ichkarida bo‘lsa, O‘zbek oyimqo‘shni xotinlardan bir nechasini hasharga aytib, hammani joy-joyig‘a qo‘ydirg‘an, havliyuzini ham yog‘ tushsa yalag‘undek holga kelturgan edi. Ammo o‘z uyini bo‘shatdirib, gilamsolib qo‘yg‘anig‘a endi uch kunlab bor, qudalarning ziyofati uchun kerak bo‘lg‘an hammanarsalarni ham hozirlatqan, ular kelib tushdi deguncha, bo‘g‘izlatish uchun, deb bir g‘o‘nonqo‘yni og‘ilning ustuniga qantattirib qo‘yg‘an edi. Kumush bilan Zaynabka atalib oling‘anxon atlaslarga ko‘ngli to‘lmay «har nuchukda tegi nozik, bu bo‘lsa endi ko‘p kiydi, atlasningyonig‘a yana bir xitoyi latta olingiz», deb marg‘ilonliqning ko‘ynagini bir qo‘sha qildirg‘an,bitta xitoy jujim mursakni kam ko‘rib, yonig‘a o‘zining qiymat baho zarrin mursagini vaikkita ro‘ymolga ham qoniqmay, o‘zining kelinligidan o‘rolmay qolg‘an qalmoqi sallachasiniqo‘shqan edi.Zaynab ham uncha xafa ko‘rinmas, qayin onasining buyruqlarini eski holicha bajaribyurar va hozirda uyga kirib olib mehmonlar kelib tushdi deguncha, oldilarig‘a yozish uchundasturxon yasatar edi.O‘zbek oyim hasharchi xotindan biriga tandirga o‘t qo‘yishni buyurdi-da, o‘ziZaynabning oldig‘a keldi:— Dasturxoning bitdimi, bolam? — deb so‘radi.— Bitdi. Tashqarining asali kamga o‘xshaydir.— Kam bo‘lsa, darrav ombordan keragicha olib chiq, undan keyin xamiringga o‘zingqara, Oybodoqning qo‘li tegmas, xamir gup berib ketibdi, — dedi va darichadan ko‘tarilibdasturxonlarni kuzatdi, — dasturxoning tuzik, varaqini esingdan chiqarma, — dedi va o‘rtayo‘lakda ko‘ringan Yusufbek hojini o‘ziga imladi. — Beri keling.Yusufbek hoji boshida oq to‘ppisi va egnida oq olacha to‘ni bilan ustidan belinibog‘lag‘an edi. O‘zbek oyim yonig‘a sekin-sekin yurib keldi:— Nima gap?— Dasturxonlarimizga bir qarab qo‘ying-chi?Hoji parvosizg‘ina qilib qarag‘an bo‘ldi:— O‘zingga yoqsa bo‘pti, — dedi.— Qassob aytkanmisiz, tag‘in ular kelgandan so‘ng shoshib qolmayliq.— Qassob tayyor, hozir bo‘g‘izlatsaq bo‘lmaydimi?171

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!