13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla QodiriyKechadan beri kishilar og‘zida: «Normuhammad qushbegi yaralangan, Qo‘qonyigitidan bir yarim mingi qirilgan» degan xabar yurib ketdi. Chamasi, Azizbek osonliq bilanjon beradigan ko‘rinmaydir.Anovi yarasining ustiga Toshkand foji’asi kelib qo‘shilg‘ach, Otabek tag‘in hamxayolchanlangan, tag‘in ham xomushligini ortdirgan edi. Hatto ba’zi <strong>kunlar</strong> hujrasidantashqarig‘a chiqmas, kishilar bilan so‘zlashmas, boshqacha aytkanda kundan-kungago‘shanishinlikka yaqinlashib borar edi.Bu kun ertalabki choydan so‘ng Hasanali kechagi fikrini chinlab amalga oshirmoqchibo‘ldi. Chunki Otabekdagi o‘zgarish — kundan-kunga rangining siniqib borishi, hujradanchetka chiqmasligi, xomushligi va boshqalar Hasanalini yaxshig‘ina qo‘rquvg‘a solg‘an,o‘zining faqat tomoshachig‘ina bo‘lib yurishidan rizosizlangan edi. Durust, ul Otabekningmuhabbatiga voqif bo‘lg‘anidan beri bir daqiqa ham uni o‘zining ko‘z o‘ngidan uzoqtutmag‘an: mahbubasi kim, kimning qizi, birar ebini qilsa mumkinmi? — Mana shuningdekmasalalarni tekshirib, bilib ham o‘ylab kelgan edi. Ammo bu to‘g‘rida Otabekningko‘magiga chinlab bel bog‘lashdan uni ba’zi ehtimollar to‘xtatib: «Otabek yosh, yoshlarmuhabbati uchar qush, balki, bu kun-erta unutib ham yuborar» kabi mulohazalardabo‘ling‘an edi. Nihoyat, Otabekdagi o‘ychanliq va o‘zgacha hollarning kundan-kungakuchayib borishi Hasanali haligi mulohazadan voz kechdirib, boshqa yo‘sunlarniqaratmoqqa majbur etdi.Garchi uning qarori bir nuqta ustida to‘xtag‘an bo‘lsa ham shu holda tinib turmadi,yana yuz turlik boshqacha yo‘sunlarni o‘yladi, ming turlik xayollarga borib qaytdi, ammoularning bittasini ham Otabek og‘rig‘ig‘a em deb topmadi va nihoyat:— Ko‘ray-chi, qadamim muborak bo‘larmikin, — deb qo‘ydi.Kechlik oshni o‘tkazgach, Hasanali o‘z hujrasidan kiyinib chiqdi-da Otabek yonig‘a kirdi.Otabek «Boburnoma» mutolaasi bilan mashg‘ul edi. Ba’zi bir ehtimollarga qarshi o‘ziningniyatini bildirmay:— Menda yumishingiz yo‘qmi, bek? — deb so‘radi Hasanali. — Hammomga bormoqchiedim...Otabek ko‘zini kitobdan uzmay javob berdi:— Yumishim yo‘q, boraveringiz.Hasanali chiqdi. Qosh qorayib, qorong‘u tushayozg‘an edi. Havo bulut, achchig‘, sovuqyel to‘rt to-mong‘a yugurar, onda-sonda qor uchqunlarini quvlab ziriqtirar edi. Eruv vaqtidayarim beldan loy kechishka to‘g‘ri keladigan ko‘chalarning loyi qatqaloqlang‘an, shuninguchun yurguchi qiynalmas, aksincha ola-chalpoq qor pag‘alarini bosishdan vujudga kelganoyoq ostidag‘i «g‘arch-g‘urch» tovushlari kishiga bir turlik kayf, musiqaviy yengillik beraredilar. Do‘konlar yopiq bo‘lsalar ham choyxonalar ochiq, kishilar o‘rtaga gulxan solib,choyxonachining bachchasini gohi o‘zlariga xon ko‘tarib va gohi «xon qizi» deb hamqo‘yadirlar. Xon saylag‘uchilar orasida yosh yigitlar bor bo‘lg‘anidek, katta sallalikmullanamolar, yetmish yoshliq keksalar ham ko‘rinadirlar... Qish kechalari juda uzun,shuning uchun choyxonalar obod; xalq lazzatlanib bachchaning tabarruklangan choyiniichadir, husniga tamosho qilib xudoning qudratiga hayron qoladilar...Hasanali Ziyo shohichining tashqarisig‘a kelib kirdi-da, mehmonxona darichasigaqaradi. Daricha tirqishidan ko‘rilgan yorug‘liq mehmonxonada kishi borliqni bildirar edi.Hasanali tuzatinib oldi va ichkariga kirdi. Ziyo shohichi namoz o‘qumoqda bo‘lib,mehmonxona chet kishidan xoli edi. Bu tasodufdan Hasanali so‘yindi va Ziyo akaningnamozni bitirishini kutib o‘lturdi. Ziyo shohichi yonig‘a salom berib joynamozdan orqasigaqarab qo‘ydi. Fotihaga qo‘l ko‘tardi. Fotihadan so‘ng kelib Hasanali bilan so‘rashdi:— Keling ota, tinchlikmi?— Shukur, tinchlik.19

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!