13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla QodiriyErining bu jasoratiga qarshi Oftob oyimning yuziga rizosizliq belgusi chiqdi. Otabekersa seskanib uyqudan uyg‘ong‘andek bo‘ldi va ikkilanib so‘radi:— Siz nimaga rizoliq berasiz?— Bu gal Toshkanddan nima maqsadda chiqg‘an bo‘lsangiz — o‘shanga.Otabek xijolat bilan ter chiqardi:— Toshkanddan nima maqsadda kelganimni bilasizmi?— Bilamiz, — deb kuldi qutidor.— Sizni bunday ishka rizoliq uchun kim va nima majbur etadir?— Hech kim majbur qilmaydir, — dedi kulib qutidor,— majbur qilg‘an narsa: shunday<strong>kunlar</strong> uchun o‘g‘ul o‘sdirg‘an ota-onaning rizoliqlarig‘ina, balki sizni ham shu gap majburqilar.— Otam bilan onamning rizoliqlari uchun shundan boshqa sabab qurib qolg‘anig‘anima deyishimni ham bilmayman. Garchi Toshkandda ekan chog‘imda bu rizoliq yo‘lig‘a belbog‘lang‘an bo‘lsam ham, endi bu bel bog‘lashni butunlay o‘rinsiz bo‘lg‘anig‘a tushundim...Oftob oyim oz qoldiki, «to‘g‘ri!» deb qichqirsin. Ammo qutidor xotinig‘a xo‘mrayibqaradi.— Qisqaroq o‘ylaysiz, Otabek, — dedi, — otangiz bizga murojaat qilmag‘anda edi, bizbu ishda betaraf qolsaq bo‘lar edi. Hozirda biz ham sizning so‘zingizga qo‘shilsaq siz emas,yomon otliq biz bo‘lamiz.— Uning mulohazasini qilmang.— Nega qilmayliq?— Hamma aybni manim ustimga yuklab javob yozingiz.Qutidor kuldi va so‘radi:— Toshkandda ekan chog‘ingizda otangizning taklifini qabul qilg‘an edingizmi?— Qabul qilg‘an edim.— Bizning ruxsatimizni olg‘ali Marg‘ilong‘a ham kelgan edingiz, shundog‘mi?— Shundog‘...— Barakalla, Marg‘ilong‘a kelib bu gapdan aynadingiz-a?— Aynadim...— Endi Toshkandga Marg‘ilondan aynab borasiz?— ...— Mana ko‘rdingizmi, faqat bu ishda bizgina yomon otliq bo‘lamiz. O‘zingizning shuxatongiz uchun ham bu gapni qabul qilmoqqa majbursiz.Otabek nima deb aytishdan ojiz qoldi va o‘zining bolaliq harakatidan seskandi vaxijolat orasida so‘radi:— Otam sizga qachon xat yozg‘an edi?— Kecha oldim. Demak, ko‘ndingiz?— Men bu gapka durustlab o‘ylamasdan javob beralmayman.— Qancha o‘ylasangiz ham javobingiz birgina bo‘lishi kerak; ya’ni rizoliq.Qutidorning bu so‘zi juda ham qat’iy edi. Bu qat’iyatni onglag‘uchi ko‘ngildanchiqarayozg‘an bu masalani chinlab o‘ylamoqqa majbur edi. Nima bo‘lg‘anda hamko‘nglining bir chekkasini kirlatib yotqan bu «ota-ona orzusi» bir tomondan qaralg‘andajuda yengil ko‘chkan edi. Ammo ikkinchi tomondan masalaning yeshilmagan o‘rinlari hambor edi.— Yaxshi, — dedi, — men sizning taklifingizga ko‘nayin, ammo ko‘nishning varizoliqning zaruri qizingizda emasmi?Shu choqqacha mungg‘ayib o‘lturgan Oftob oyim yalt etib eriga boqdi, yana cheksiz birmehribonchiliq nazari bilan Otabekka qaradi.80

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!