13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriy10. TO‘Y, QIZLAR MAJLISIQutidorning tashqarisig‘a er mehmonlar, ichkarisiga xotin mehmonlar to‘lg‘anlar, ularquyuq, suyuq oshlar, holva, nisholdalar bilan izzatlanadirlar. Tashqarida bir qo‘shasozandalar dutor, tanbur, g‘ijjak, rubob, nay va amsoli1 sozlar bilan dunyoga jon suvisepib shaharning mashhur hofizlari ashula aytadirlar. To‘y juda ham ruhlik...Ichkarida xotinlar majlisi: onalarcha aytkanda, ular qum-tuproqdek ko‘b, biroqmajlisning borishida tartib yo‘q, havli yuzi va uylar xotinlar bilan to‘lg‘an, qaysi havli yuzidabir tovoq oshni yeb o‘lturadir, kim yig‘lag‘an bolasini ovitish bilan ovora, birav yor-yoro‘qub, tag‘in bittasining quvonchi ichiga sig‘may xaxolab dunyoni buzadi, xullas bag‘-bug‘yetti qat ko‘kdan oshadir...Oftob oyim qayg‘uliroq, tusi bir oz siniqqansumon... Mehmon kutib charchag‘anidanmi,nimadan bo‘lsa ham juda kalavlagan, ba’zan qiladirg‘an ishidan ham yanglishib ketkani,masalan, uyga kirmakchi bo‘lib tavanxonaga kirib qolg‘ani ko‘riladir. To‘yga kelganxotinlarning «To‘ylar muborak, kuyav o‘g‘ul muborak!» deb so‘rashlarig‘a ham ishonchsizbir ohangda «Qutlug‘ bo‘lsin», deydir.Oftob oyim donxonaning eshigidan turib xotinlar orasidan kimnidir o‘z yonig‘a chaqirdi.Yoshi ellidan oshqan, kulgusi ichiga to‘lib toshqan bir xotinni duvurdan1chiqib, o‘ziga qarabyurganini ko‘rgandan keyin donxonag‘a kirdi. Xotin ham ichkariga kirgach, Oftob oyimeshikni qiya bekladi-da, qayg‘uliq bir boqish bilan xoting‘a qaradi.— Nega qayg‘uliq ko‘rinasan, Oftob?Oftob oyim uzoq tin olib eshikka qaradi va yarim tovush bilan:— Shu choqda ichimga charog‘ yoqsalar ham yorimaydirda, egachi, — dedi va ko‘zigajiq yosh oldi.— Nega?— Qizim to‘g‘risidan...— Qizingga nima bo‘ldi?— Unashilg‘anig‘a bu kun yettinchi kun, — dedi Oftob oyim, — shundan beriKumushingiz tun ham yig‘laydi, kun ham, sababini so‘rasam sira javob bermaydir-da,do‘lonadek ko‘z yoshisini oqiza beradir. Bu kun tag‘in yig‘isi oshib tushdi. Haytovur yalinib,yalpog‘lanib arang hammomga yubordiq.Xotin Oftob oyimning bu gapidan hayron bo‘ldi va o‘ylab so‘radi:— Nimabalo, kuyaving ko‘rksizmi?— O‘zim ko‘rmadim, — dedi Oftob oyim, — ammo ko‘rguchilarning so‘zlarigaqarag‘anda o‘xshashsiz ko‘rkam, tengsiz aqlli bir yigit emish... Otasining o‘zi yigitni yaxshiko‘rib kuyav qilg‘an edi.— Kumushning o‘zi yigit to‘g‘risidan hech narsa bilmaydirmi?— Biladir, — dedi oyim, uning oldida biz jo‘rttaga kuyavni maxtashamiz, lekin bumaxtovlarni eshitgusi kelmay, qaytag‘a yig‘isinig‘ina ortdiradir.Xotinning ham bu gapdan hayrati ortdi va bundan qanday sir borlig‘iga aqli yetmadi.Oftob oyimni yupatish uchun o‘tkan-ketkandan va boshda yig‘lab erga tekkan qizlarningchimildiqda yigit bilan apoq-chapoq bo‘li-shib ketkanlaridan hikoya qildi:— Qayg‘irma, Oftob, — dedi, — kuyaving bunchalik suluv bo‘lsa, gap-so‘zda tenggibo‘lmasa, hali chimildiqda qizingning pechak guldek bo‘lib eriga chirmashqanini ko‘rarmiz.— Oh, opajon, — dedi umidsizcha oyim, — manim bunga ko‘nglim chopmaydir.— Chopsin, Oftob. Men bunday yig‘loq qizlarning ko‘pini ko‘rdim, shunday qizlarninguyalmay-suyalmay chimildiqda hatto yigitdan ham ortdirib harakat qilganlarini hamko‘rdim, sening qizing ham shularning bittasi, qayg‘irma Oftob.— Ilohi shunday bo‘lsin-da.27

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!