13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriy7. QUVLANISHUchinchi kundan buyoqqa qutidorning eshigi tevaragidan Sodiq ayrilmas edi... hozirkechki soat yettilar bo‘lib qolg‘ani uchun bu kun ham uning kelmasligiga qaror bergan vaketishni chog‘lar edi, lekin uzoqdan kelguchi birar otliqni ko‘rsa balki shu bo‘lmasin, debyana kutib qolar edi. Ahvol bilish uchun bo‘lsa kerak, Homid ham otiga qiyshiq minib o‘tibketdi. Savol nazari bilan qarag‘an edi, Sodiq boshini chayqab javob berdi. Nihoyat qutidorham kundagi vaqtda bozordan qaytib uyiga kirdi. Vaqt shomg‘a yaqinlashib qolg‘anliqdanbitta-yarimta do‘konlar ham yopilib, o‘tkunchilar ham siyraksib qoldilar. Shunchakutkanning o‘n daqiqasi deb bo‘lsa kerak, ul hamon shu o‘rtada aylanib yurar edi.Poyafzal rastasining sharqqa qarab tortilg‘an ko‘chasi boshidan bir to‘da yigitlar mungaqarab kelar edilar. Boshda ul kelguchilarni tanimag‘an edi, yigitlar yaqinlashib kelgach,o‘zining o‘rtoqlari ekanini bilib o‘ngg‘aysizlana boshladi. O‘zini ulardan yashirish uchunqutidorning yo‘lagini jo‘blag‘an ham edi, yigitlardan bittasi: «Bu yerda Sodiq nima qilibyuribdir» deb yubordi, ikkinchi yigit «Sodiqboy, Sodiqboy!» bilan chaqirishg‘a tutinib,shuning ila Sodiq burilg‘an joyida to‘xtab qolishg‘a majbur bo‘ldi.— Nega bu yerda tegirmonchining ishsiz qolg‘an eshagidek junjayib o‘lturibsan, Sodiq?— dedi bir yigit. Boshqalar buning so‘ziga kulishdilar. Sodiq ham kulgiga ishtirok qilib,yigitlarning yaqinig‘a keldi.— Biravda ishim bor edi, shuni kutib o‘lturibman.— Sodiq dedi haligi yigit va Sodiqdan «ha» javobini olg‘ach, — burningmi Risolatxolamning rapidasi? — dedi. Yigitlar tag‘in ko‘chani ko‘tarib kulishib yubordilar.— Jur, bazmga!— Qanaqa bazmga?— Shamshodbekning bazmiga, hali Shamshodbekning to‘yidan xabaring yo‘qmi? Jur,Sodiq jiyanim, basharangmi, do‘lda qolg‘an tappimi?Sodiq ikkilanib javob berdi:— Man keyinroq boraman.— Eh xumsa, — dedi yigit va ariqdan sakrab So-diqning yonig‘a o‘tdi. AndijondagiQaymoqxon ham kelibti, bazmi jamshid desang-chi, jur! — Yigit Sodiqni sudray boshladi.Boshqalar ham uning orqasidan itara ketdilar. Sodiq o‘rtoqlarining jabri ostida ilojsizginaborsa ham, lekin ikkinchi tomondan kutkanini bu kun ham kelmasligiga qarori ham yo‘qemas edi. O‘n-o‘n besh otlamdan so‘ng o‘rtoqlarig‘a itartirib o‘lturmasdan o‘z ixtiyorichayuriy boshladi. Ko‘chaning janubiga qarab borar edilar. Oradag‘i g‘arbg‘a qarab tortilg‘anko‘chani ham bosib to‘g‘rig‘a o‘ta boshlag‘an edilar, uzoqdan ot yeldirib to‘g‘rig‘a kelguchiotliqni ko‘rgan Sodiq ko‘chaning o‘rtasida to‘xtadi. Haligi mushtumzo‘r yigit uni bir turtdida:— «Yur, yur, itbachcha, jinni-minni bo‘ldingmi?» deb sudray boshladi, boshqalar hamunga to‘rt tomondan chug‘urchiqdek yopishdilar. Shunday qilib «bechora» Sodiqni o‘zxolig‘a qo‘ymay ko‘chadan anchagina nariga surgab ketdilar. Ular bu ko‘chadan o‘ttuz-qirqadimlab uzoqlashg‘an ham edilar, haligi uzoqda ko‘rilgan otliq to‘riq yo‘rg‘asini qarsillatibkatta ko‘chaga chiqdi va yigitlar kelgan tomong‘a — shimolga burildi. Sodiq ketar ekan,otliqqa burilib qaradi. Hasanalidan xat olg‘ani borg‘anida otxonada ko‘rgan qora to‘riq otnitanig‘ani on qo‘ltug‘ig‘a kirib olg‘an ro‘dapodan qutilishg‘a tirishib boqdi, lekin uhdasidanchiqolmag‘ach, ko‘zini yirtqichlarcha chaxchaytirib «it emgan da’yus!» dedi qo‘ltug‘idag‘ijonlik kishanga...* * *Uyoq-buyoqdan shom azoni eshitila boshlag‘an edi. Ma’lum otliq qutidorningdarbozasida otini to‘xtatdida, o‘ng oyog‘ini uzangudan uzdi. Shu vaqtda shom namozidan100

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!