13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriyqaytayozg‘andirsiz... Bu xatni yozar ekan, muhabbatingiz bilan to‘luq bo‘lg‘an yurakimmudhish bir haqiqat ehtimolidan yafroq kabi titrar va o‘zining to‘lib-toshqan hasratlarini,faryodlarini ifodasidan adashar edi... Sizga ochib so‘zlay, go‘zal rafiqam: go‘yo manim bumaktubim sizning Komilbek uchun hasratlik yoshlar to‘kkan, o‘tlik ohlar tortqanchog‘ingizda erishar-da unutilg‘an, eskirgan bir yurakning arzini tinglay olmassiz va yonibturg‘an yurak o‘tingiz bilan kuydirarsiz...Ammo xatimni o‘qumasangiz-da va marhumingiz uchun tortqan ohingiz o‘tidakuydirsangiz-da, manim uchun farqsizdir. Nega deysizmi? Chunki siz manim shar’iyrafiqamsiz — yaxshiliq bilan-da va yomonliq bilan-da men buni isbot qilishg‘a hozirman!Uyingiz orqasida qilg‘an adabsizliklarim, xunxo‘rlik-larim uchun meni kechiringiz...Chunki men bu vahshiylikni ishlashda ixtiyorsiz edim: hayotingizning, nomusingizningsaqlanishi buni taqozo etar edi... Albatta men ishonamankim, siz manim bu yaxshilig‘imuchun minnatdorlik qilarsiz. Lekin men bu minnatdorlikka o‘zimni sazovor hisoblayolmayman.Men o‘shal kuni kechasi dushmanlardan birini o‘ldirdim-da, so‘ng darajada zaiflandim,ikkinchi dushmandan yengilishimni va ko‘yingizda jon berishimni aniq bilib rohatlanibketdim... Manim uchun ko‘yingizda va oyog‘ingiz uchida jon berish juda shirin edi vako‘bdan beri g‘oyam edi. Shuning uchun yaqinrog‘ingizda o‘lmak uchun, o‘lar ekanman,so‘ng daqiqamda yana bir martaba bo‘yingizni olib o‘lish uchun dushman tomonidanuyingizga ochilg‘an tuynukchaga kirdim. Kirdim-da, sizni bo‘yingizni oldim, xafif tinolg‘andag‘i latif uxlag‘an tovshingizni eshitdim... Shu vaqt subhonolloh... o‘zimdakutilmagan bir kuch sezgan edim, ikki emas, ikki yuz dushmanga muqobala1 etishkao‘zimda qudrat ko‘rgan edim... Men o‘zimga bag‘ishlang‘an kuch manba’ini juda yaxshionglar edim, mendagi bu o‘zgarish manba’i uy ichida uxlag‘uchi bir malak edi... Sizedingiz!»Kumushbibi xatning bu o‘rniga yetkanda qizarinib, bir oz o‘qushdan to‘xtab oldi vadavom etdi:«Shundan so‘ng ikkinchi dushmanni tuynukdan chiqmayoq ishini bitirdim. Bizningfoji’amizning asl omili bo‘lg‘an Homid esa go‘yo manim qo‘limda mushuk kabi o‘yinbo‘lg‘an, uni kulib turib, o‘ynab turib tilimlagan edim...Esingizda bormi, meni dor ostidan qutqarib, menga yangi hayot bag‘ishlag‘aningiz? Bukecha ham bu ikkinchi o‘limdan qutqarg‘uchi va ikkinchi martaba menga hayotbag‘ishlag‘uchi yana siz bo‘ldingiz! Shuning uchun minnatdorlik etkuchi siz emas, menbo‘lishg‘a tegishman!Sizdan emas, otangizdan bir o‘pkalashim bor: soxta taloq xatini manim o‘z qo‘limbo‘lib, bo‘lmag‘anini ajrata olmag‘an. Gumonimcha bu soxta xat sizga ham ko‘rsatilmagano‘xshaydir, chunki, ayniqsa, sizning ko‘z o‘ngingizdan bu haqiqat qutila olmas edi... Harholda taqdirning bunchalik o‘yinlari turg‘an bir zamonda biz nima ham qila olur edik? Buto‘g‘rida mendan ham o‘tkan joylari bordirkim, sizning birinchi martaba menga yozg‘anxatingiz ma’nosidan dahshatlik suratda o‘zimni tag‘ofilg‘a solg‘an va xat kelturguchinisurishtirmasdan javob xati berib yuborgan edim. Shuning ila sizni-da, o‘zimni-da Homidqo‘lida o‘yin bo‘lmog‘imizg‘a katta yo‘l ochqan edim.Ba’zi ehtimollarga qarshi siz bilan ko‘rishmak menga muyassar bo‘lmadi. Umrimdabirinchi martaba ko‘ngil orzusig‘a qarshi bordim. Chunki manimcha oradag‘i qora tikonsupirilgan edi. Mundan so‘ng hamisha meniki edingiz. Men Toshkandda yurarman, ammoko‘zim o‘ngida sizning haykalingiz! Ajabo, busiz menga mumkinmi?!Zavjingiz Otabek».Kumushbibi xatni o‘qub tugatdi-da, yugirgilagancha uyiga kirib ketdi. Uning buharakatidan qutidor bilan Oftob oyim ajabsinishib bir-birlariga qarashg‘an edilar.Kumushbibi qo‘lida ikkinchi bir maktub ko‘targanicha uydan chiqdi-da, sham’ yonida ikki147

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!