13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriychorzari uy, ichida elli chog‘liq bek yigitlari gulxan solib o‘lturar edilar. Bu uyning qatorioshxona, otxona va shuningdek, hojat uylarini tashkil etar edilar.Qo‘rboshi darbozabon yonida to‘xtab, undan so‘radi:— Bek ichkaridamilar?Darbozabon darbozani kuchanib yopar ekan, javob berdi:— Bilmadim, taqsir.O‘rdaning charog‘chisi darboza yaqinidag‘i mash’ala yog‘ochig‘a o‘t berib, butun o‘rdaichi yorib ketdi. Qo‘rboshi darbozaning o‘ng tarafiga qarab yurdi. Bu tomonda nihoyatdaziynatlanib bino qiling‘an oliy imoratlar bo‘lib, shahar ustalarining hamma san’at vamahoratlari shu binolarda gavdalanur edi. Qo‘rboshi birinchi eshik yonida turg‘an yarog‘liqqorovuldan o‘tib, kichikrak, naqshliq bir uyga kirdi. Ikkinchi eshikdan o‘tib, ulug‘ bir zolgachiqdi. Zol juda nafis ishlangan edi: oltin qandildagi ellilab sham’larning nuri bilan munaqqashdevorlarning oltin, kumush, ko‘k-qizil, oq-pushti, sariq-qora gullari yulduzlardekyashnab, uyga bir xayoliylik berar edilar. Uyning ostig‘a to‘shalgan qizil lola gullik gilamkishini go‘yo bir chamanda his etdirar edi. Zolning to‘rida, kichkina haldor bir eshikchayonida, atlas ko‘rpacha ustida o‘n besh yoshlar chamaliq, qizil duxobadan kiyingan ko‘rkambir o‘g‘lon palov yeb turar edi.Qo‘rboshi eshikdan kirar ekan, o‘g‘long‘a qarab kulimsiradi:— Ha, Ahmadxon, siz shu yerda ekansiz, — dedi.Ahmadxon joyidan qo‘zg‘almadi:— Men hamisha shu yerda, qani, oshg‘a.— Rahmat. Qushbegi ichkaridadirlar?— Ichkaridalar, — dedi Ahmadxon, — men to‘yib qoldim, kelsangiz-chi.— Bo‘lmasa, tabarruk qo‘lingiz bilan bitta oshatsangiz.Ahmadxon qo‘lig‘a siqquncha osh olib qo‘rboshig‘a tutti, qo‘rboshi ixlos bilanAhmadxonning qo‘lidan oshadi. Ul oshnig‘ina emas, hatto Ahmadxonning qo‘lini hamoshaydirg‘an edi.Ko‘b fursat o‘tmadi. To‘rdagi kichkina eshik ochilib ichkaridan to‘la yuzlik, o‘siq qoshliq,og‘ir qarag‘uchi ko‘zlik, siyrak soqol, o‘rta bo‘yliq, ustidan kimxob to‘n kiyib, beliga qilichosqan qirq besh yoshlar chamasida bir kishi ko‘rindi. Ahmadxon bilan qo‘rboshiningo‘rinlaridan turib ta’zim qilishlaridan bu zotning kim ekanligi bilinar edi. Bu kishi kelib atlasko‘rpacha ustiga o‘lturdi va o‘zining salmoq tovshi bilan:— Qalay, Xoliqbek, — dedi, — yurtlaringiz tinch-likmi, o‘lturing.— Xudog‘a shukur, davlatlari ko‘lankasida, — deb qo‘rboshi tavozi’landi va qo‘lqovushtirib qushbegining yaqinig‘a cho‘kkaladi. Ahmadxon bo‘sh laganni dasturxoni bilanko‘tarib qushbegi kirgan eshikdan chiqdi.— Kechagi o‘g‘rilar nima bo‘ldi, qo‘lg‘a tushirdingizmi?— Davlatlari ko‘lankasida... O‘g‘rilardan bittasi tutildi, davlatlari yori1 bersa qolg‘anlariham ushlanur, deb o‘ylayman.— Boshqa nima xabarlar bor?Qo‘rboshi yuziga jiddiylik holati berdi:— Davlatlari yori bersa hukumatimiz uchun qo‘rqunch bo‘lg‘an buzuqilar uyasinitopqandekman, — dedi.Qushbegi o‘ziga o‘ng‘aysizliq bermakda bo‘lg‘an qilichini tizasiga olib hamonsovuqqonliliq bilan so‘ra-di:— Qanday buzuqilar uyasi?— Qanday buzuqilar uyasi bo‘lsin, taqsir, — dedi qo‘rboshi, — dunyoda qorachoponliqlardan ham kuchlirak buzuqilar bo‘ladimi?Qushbegi ko‘tarilinqirab oldi va ko‘zlari bir oz kattaroq ochildi:— Xo‘sh?37

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!