13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriy— Sizdan o‘zimni chaqdirg‘ali kelgan emasman! — dedi yig‘lag‘an ko‘yi Zaynab, — o‘zuyimda ham tegmay chaqadirg‘an gazandalarim bor... Siz ham manim kuygan jonimga o‘tyoqmang-da, agar qo‘lingizdan kelsa, bu o‘rtang‘an singlingizni tinchiting.— Sen hech tinchiy olmaysan...— Har narsaga aqlingiz yetadi... Loaqal bu baxtsiz singlingiz uchun birgina boshog‘ritsangiz-chi... Ustimga shu balo kelgandan beri eshigingizga necha qayta kelib quruqqaytdim, endigina siz ham...Xushro‘y bir oz Zaynabning yuziga qarab turg‘andan keyin:— Manim kengashimga yurasanmi? — deb so‘radi.— Jo‘yalik bo‘lsa nega yurmay.— Yursang, — dedi Xushro‘y, — chiq eringdan.Zaynab o‘krab yubordi:— O‘zim ham shundog‘ deyarsiz, deb turg‘an edim...Xushro‘y:— Negaki sening dardingning davosi, menga qolsa faqat shu.— Qanday qilib chiqay, axir...— Erdan chiqg‘anlar qanday qilsa, sen ham shunday qilasan!Zaynab javob bermadi. Cho‘ri xotin o‘rtag‘a dasturxon yozib choy keltirdi, Xushro‘yxizmatchini o‘choqboshi yumishlariga buyurib choyni o‘zi quydi.— Dasturxonga qara, Zaynab!— Ishtihom bo‘g‘ildi...— Manim aytkanimni qilsang ishtihong ham ochiladir.— Erim... erimni ko‘zim qanday qiysin.— Javob so‘rasang, — dedi kulib Xushro‘y, — seni taloq qilish uchun eringning ko‘ziqiyadimi?— Bilmayman...— Albatta yaxshi bilasan, qiyadi! Ammo sen ahmoq-san, ko‘rpangga qarab oyoquzatishni, qars ikki qo‘ldan chiqishini bilmaysan!— Etagingni qoqib ketaber, deysizmi?— Chunki shundan boshqa chorang yo‘q!— Sen hasratda o‘l, kundashing yayrab-yashnasin, shumi maqsadingiz?— Hozir hasratda emasmisan, kundashing yayramaydimi?— Tuzik, — dedi Zaynab, — lekin har qadamda uning huzurini buzaman, bir cho‘qitibo‘n qarataman.Xushro‘y kuldi:— Bundan nima chiqadi?— Ishqilib kelgindini tinchitmayman.— Sen tinchitmasang, — dedi Xushro‘y, — boshqalar seni tinchitar...— U nima deganingiz?— Ya’ni rohatini buzaversang, ering seni qo‘yar?..Zaynab bu haqiqat oldida o‘ylanib qoldi. Xushro‘y o‘zining vahshiy ko‘zlari bilansinglisiga qarab kulimsirar edi. Bu kulimsirash orasi «qo‘lingdan nima keladi?» degandekbo‘lar edi. Zaynabning tusi shu choqg‘acha ko‘rilmagan ravishda o‘zgarib ketdi. Negadirtinmay oqib turg‘an ko‘z yoshisi ham quridi va tovshida ham hanuz eshitilmagan keskinbir ohang bor edi:— Esimni kiritdingiz, opa, — dedi, — rahmat sizga.— Rahmatingni menga aytma, — dedi Xushro‘y, — ishonsang yuragingga aytarsan...16. OY-KUNI YAQIN EDI203

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!