13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriy— Mone’ chiqib qoldi...— Qanday mone’? — dedi usta.— Mone’mi? — dedi Otabek va kulimsirab: — Men sizga bir katta gunoh qilib ketkanedim... Yo‘lda boraturib gunohimdan o‘kindim-da, sizga tavba qilg‘ali Qo‘qondan qaytdim...Agar siz gunohimni kechirsangiz, men shu daqiqada Toshkand jo‘nayman.Usta Alim ajablanib Otabekka qaradi:— Hazillashasiz...— Hazillashmayman, agar siz kechiraturgan bo‘lsangiz, gunohimni ham hozir iqrorqilaman.Usta Alim kulimsirab so‘radi:— Qani iqror qilingiz bo‘lmasa.— Ilgari kechirishka va’da berib qo‘yingiz.— Menga qolsa sizning hech gunohingiz yo‘q... Menga noma’lum gunohingiz bo‘lsakechirdim.— Rahmat, — dedi Otabek va so‘radi: — men kim?— Sizmi, siz Shokirbek!Otabek uyat aralash kulib qo‘yib dedi:— Ana usta, manim borliq gunohim sizning shu kungacha meni Shokirbek, debbilishingizdagina!— Bo‘lmasa, siz kim?— Gunohimni kechirgansiz-a?— Kechirganman.— Men siz bilgan Shokirbek emas, toshkandlik Yusufbek hojining o‘g‘li va marg‘ilonliqMirzakarim akaning kuyavi — Otabek!Usta Alim bir oz o‘zini keyinga tashladi va ko‘ziga jiq yosh chiqardi.— Siz-a? — dedi. Kelib Otabekni quchoqladi... Bu favqulodda holg‘a tushuna olmayqolg‘an Sayfi ishini to‘xtatib do‘konxonadan qarab turar edi. Usta yig‘lag‘an holda Otabekniquchoqlab o‘pdi-da, ayvonga ko‘rpacha sola boshladi.— Nima qilmoqchi bo‘lasiz, usta? — deb Otabek so‘radi.— Men o‘zimning yangi mehmonimni ko‘rpachaga o‘tquzmoqchi bo‘laman, — dedikulib usta Alim.— Men sizning ko‘rpachangizga ko‘b o‘lturganman, endi menga ortiqchatakallufingizning hojati yo‘q.— To‘g‘ri so‘zlamaysiz, Otabek, bu kungacha manim ko‘rpachamda o‘lturib yurganShokirbek otliq bir yigit edi. Endi men o‘zimning yangi mehmonim bo‘lg‘an Otabeknisiylamoqchi bo‘laman... Qani, Otabek, ko‘rpachaga chiqingiz!Otabek ustaning latifasiga kuldi-da, ko‘rpachaga chiqib o‘lturdi. Bu vaqt Jannatopaning «shahid o‘lgan bolam» deb yig‘lag‘an tovushi eshitildi-da, Otabek gunohkor biryuz bilan usta Alimga qaradi. Ul esa Otabekning bu qarashidag‘i ma’noni sezgan edi:— Zap qilg‘ansiz, Otabek, — dedi usta, — yomonlarning jazosi shunday bo‘ladir...Yoningizda kishilaringiz bor edimi?— Yo‘q.Usta Alim Otabekka tushuna olmay qarab turg‘ach, so‘radi:— Uch dushmanga qarshi yolg‘iz o‘zingiz?— Yolg‘iz o‘zim! Xudo yomong‘a jazo beraturgan bo‘lsa, shundoq bo‘lar ekan.Usta Alim tamom ajabda qolg‘an edi:— Subhonolloh! Qanday yuragingiz bor ekan, Otabek! Qo‘lingizdan boshqa yeringizdajarohat yo‘qmi?— Yo‘q. Bo‘ksam ustiga bir oz xanjar uchi tegib o‘tkan bo‘lsa ham ahamiyatsiz.— Xudoga shukur, Otabek! Sizning bu ishingizdan qayin otangizning xabari bor edimi?140

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!